Oy: Fevral 2021

Matematika Informatika fan oyligiga bag’ishlab 9-sinflar o’rtasida «Zukkolar bahsi» tadbiridan lavha

2021-yilning 25-fevral kuni maktabimizda Matematika va Informatika fani o’qituvchilari tomonidan 9-sinflar o’rtasida «Zukkolar bahsi» nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda 9-A, 9-B va 9-V sinflardan 5-nafardan o’quvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida o’quvchilar 6-shart bo’yicha bellashdilar. Bu tadbirda 9-B sinf o’quvchilari 29 ball, 9- V sinf o’quvchilari 26 ball va 9-A sinf o’quvchilari 22-ball to’pladilar. Shu tadbirdan foto lavfalar.

Informatika fanidan «Matn ustasi» ko’rik-tanlovidan lavhalar.

Qarshi shahar 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-yil 3-fevral kuni 12:00 da Fevral «Matematika va Informatika» fan oyligi  munosabati bilan 5-sinflar o’rtasida «Matn ustasi» nomli ko’rik-tanlov maktabimizning Informatika fani o’qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Tadbir 28 nafar 5-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tanlovda 1-o’rinni Majitova Gulhayo, 2-o’rinni Sunnatov Sardor, va 3-o’rinni Aliqulova Guljahonlar egalladi. Fan oyligi yakunida ushbu o’quvchilarni faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

Maktabimizda 6-sinflar o’rtasida «Mening geometrik shakllarim» mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib otdi .

Maktabimizda Matematika va Informatika fan oyligi munosabati bilan 6-sinflar o’rtasida «Mening geometrik shakllarim» mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib otdi . Ushbu ko’rik-tanlovimizda 32-nafar o’quvchilar qatnashdi. Tanlovda 1-o’rinni G’aybullayev Shohjahon,  2-o’rinni Sobirova Samiya va 3-o’rinni Tirkashova Nurhayot egalladi. Ushbu o’quvchilarga fan oyligi yakunida Faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Assalom matematika

Qarshi shahar 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-yil 1-fevral kuni 13:00 da Fevral «Matematika va Informatika» fan oyligi ochilishi munosabati bilan «Assalom matematika» nomli badiiy kecha maktabimizning matematika va informatika o’qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Tadbir 6-8-9-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.