Maktab tarixi

Maktabimiz tarixi haqida ma'lumot

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi 1973 yil 16 avgustda Qarshi shahar Beklar mahallasi Amur Temur ko'chasi 140-uyda qurib bitkazildi va ta'lim jarayoniga topshirildi. Maktabimizning Eshmurod Jalilov rahbarligi ostida faoliyatini 1989-yilgacha davom ettirgan. 1974-yilda birinchi marta maktabimizni tamomlagan o'quvchilar soni 24 nafarni tashkil etgan.Shundan so'ng 1989-2011-yillar oralig'ida maktabimiz Inoyat Xidoyatov rahbarligi ostida davom ettirilgan. 2011-yildan buyon esa Abror Murodov rahbarligida ulkan ishlar va marralarga erishilmoqda. Maktabimiz tarixiga nazar soladigan bo'lsak uch nafar rahbarimizning tashabbusi va intilishi asosida juda ko'p natijalarga erishib bormoqdamiz. Maktabimiz tarixiga nazar soladigan bo'lsak shu maktabni tamomlagan o'quvchilarning ko'pchiligi o'qituvchi, shifokor, muhbir va boshqa ishlarda o'z o'rniga egadirlar. Maktabimizda tartib-intizomli, odob-axloqli, ma'naviy va ma'rifiy etuk shaxslarni jamiyatimizga etkazib bergan va etkazib bermoqdadir.