Yangiliklar

Eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling

Maktabda Viloyat hokimi Z.T.Mirzayev tashrifi munosabati bilan olib borilgan ishlar
.2020-2021-o'quv yili oldidan Pandemiya davrida dars jarayonlarini tashkil etish qay tarzda rejalashtirilayotganligini yaqindan o'rganish maqsadida Viloyat  hokimi Z.T.Mirzayev maktabimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktabda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Pandimiya davridagi sinf xonalarda tashkil etilgan o'quv jarayonini rejasi bilan tanishib, ijobiy fikrlar bildirdi va maktabda olib borilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, moddiy texnika bazasini yaxshilash uchun pedagog jamoaga (100000) yuz million so'm sovg'a qildi. Maktab jamoasi va rahbariyat ushbu ajratilgan mablag' evaziga fayesi zamonaviy ta'mirlandi. Maktab hovlisida asfalt yotqizish rejalashtirildi. Maktab uchun qariyeb 50 yildan buyon muammo bo'lib keladigan ichimlik suvi tortib kelindi.